Jazoirda Konstitutsiyaviy referendum (2020)

Jazoirda konstitutsiyaviy referendum 2020-yil 1-noyabrda boʻlib oʻtdi. Referendum mavzusi Hirak harakati[1] deb nomlanuvchi bir qator norozilik namoyishlaridan soʻng Jazoir konstitutsiyasini qayta koʻrib chiqish edi.

Referendum Prezident Abdelmajid Tebbunning namoyishchilar tomonidan ilgari surilgan talablarni qondirishga urinishi edi. Qayta koʻrib chiqilgan konstitutsiya Jazoir hukumati vakolatlarini isloh qilishga qaratilgan[2] edi.

  1. „Algerian referendum looms as test for president and opposition“. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  2. „Algeria's Bouteflika names new caretaker government“. 2020-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy